16 va 17-martda antitsiklon periferiyasi Oʻzbekiston hududidan sekin ortga chekinadi, kechalari biroz sovuq saqlanib turadi, kunduz kunlari esa asta-sekin isiydi va chorshanba kuniga kunduz kungi harorat 9-14° iliqgacha koʻtariladi.

Hududlarning koʻp qismida ushbu kunlarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Faqat Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida salqin va nam havo massalari kirib kelishi hisobiga baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin.

Haftaning ikkinchi yarmi boshidan Eron hududlaridan quruq va juda iliq havo kirib kelishi boshlanadi. Havo harorati ayniqsa kunduz kunlari keskin koʻtariladi. Ish haftasining oxiriga kelib, harorat kunduz kunlari 20-25° iliq, janubda 27° iliqgacha boʻlgan qiymatlarga yetadi va meʼyordan 6-8° ga koʻp boʻladi.

15-19-martda Oʻzbekistonning togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi saqlanib turadi, ehtiyot boʻling!