Ish haftasining oxirigacha Oʻzbekiston boʻyicha oʻrtacha issiq ob-havo boʻlishi kutilmoqda, deya xabar beradi Oʻzgidromet.
21-25-avgust kunlari Oʻzbekiston hududining katta qismida havo kam bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi.
Faqat bugun kunduzi respublikaning shimoli-gʻarbiy hududlarida baʼzi joylarda va 22-24-avgust kunlari ayrim togʻli hududlarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
Havo harorati asosan kechalari 18-23 daraja, kunduzi 21-avgustda 34-39 daraja, 2-23-avgustda 32-37 daraja, 24-25-avgustda 34-39 daraja issiq boʻladi.
Oʻzbekistonning shimoli-gʻarbiy hududlariga 25-avgust kuni Volga boʻyi hududlaridan salqin havo massasi tarqala boshlaydi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida kunduzgi harorat 30-35 darajagacha pasayadi.
20-avgustda shimolda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin.
Poytaxtimizda: havo kam bulutli boʻladi. Kunduzgi harorat 25-avgustda 37-39 daraja, 22-25-avgustda 34-37 daraja boʻladi. Harorat kechalari 19-22 daraja atrofida boʻladi. Shamol sharqdan birozdan oʻrtachagacha esadi.