Bu haqda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Bekobod shahar elektr tarmoqlari korxonasi xodimi B.Mirboboyev 2023-yil 12-mart kuni elektr uskunalarida ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa tufayli vafot etgan.
Korxona uning oila aʼzolariga toʻlanishi lozim boʻlgan 340 mln soʻm miqdoridagi zarar pullarini 1-yildan ortiq vaqt davomida toʻlamay kelgan. Davlat mehnat inspeksiyasi aralashuvi bilan ushbu summa marhumning oila aʼzolariga korxonadan toʻliq undirib berildi.