Xalq deputatlari Olmaliq shahar kengashi deputati Ergash Abdurayimov boshchiligidagi deputatlar, mahalla raislari, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi vakillari, veterinariya boʻlimi xodimlari va boshqa davlat va jamoat tashkiloti vakillaridan iborat ishchi guruh jamoatchilik nazoratini oʻtkazdi.
Hududdagi “Oydin” dehqon bozorida sotilayotgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narx-navosining moʻtadilligi, xaridorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, bozordagi tartib-intizom koʻzdan kechirildi. Xaridorlar bilan suhbatlashildi.
Narx-navo barqarorligini saqlash arzonlashtirilgan yarmarkalar tashkil etish orqali taʼminlanayotgani maʼqullandi.