Fuqarolik ishlari boʻyicha Fargʻona tumanlararo sudining qaroriga asosan qarzdor "Fargʻona Agroservis Mashina traktor parki” MCHJ daʼvogarlar jamiyatning 12 nafar ishchilari foydasiga jami 233 mln 800 ming soʻm ish haqini undirish xaqidagi ijro hujjatlari byuroning Fargʻona shahar boʻlimi tomonidan ijroga qaratilib, qarzdorga ixtiyoriy muddat berilgan.

Qarzdor sud qarorlarini ijrosini taʼminlash chorasini koʻrmagach, byuro tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida, Yangi yil arafasida qarzdorlik toʻliq undirilib, shu kuni 12 nafar ishchilarning oylik ish haqlari bank plastik kartalariga oʻtkazib berildi.