Ishda stress darajasini pasaytirishning 4 oddiy usuli

    Unumdorlikni oshirish va kamroq charchash uchun oʻz odatlaringizni biroz oʻzgartirish kifoya qiladi.

    1. Haddan tashqari koʻp kiradigan dasturlarni olib tashlang

    Agar ish hajmini qisqartirishning iloji boʻlmasa, smartfondagi dasturlarga sarf qiladigan vaqtni qisqartiring. Shunda sizda dam olish uchun boʻsh vaqt paydo boʻladi.

    Biron-bir dasturga kirish sizni chalgʻitadi. Siz ishni bajarish uchun zarur boʻlgan ruhiy quvvatni dasturlarga sarf qilasiz va natijada stress holatiga tushasiz.

    Sizni aynan nima chalgʻitishini aniqlab oling: Facebookmi, oʻyinlarmi, boshqa dasturlarmi? Ularni hech boʻlmasa bir haftalik muddatga olib tashlang va qanday oʻzgarish boʻlishiga eʼtibor bering.

    1. Uxlash oldidan eslatma joriy qiling

    Masalan, “Nima uchun haligacha uxlamayapsan?” degan soʻzlardan iborat. Kechqurun bu eslatmani oʻqib, boshlagan ishingizni davom ettirish kerakmi yoki yoʻqligi haqida oʻylab koʻring.

    Uxlashga yotishdan bir soat oldinga uyquga yotishga tayyorlanish vaqti kelgani haqida ogohlantiruvchi “qoʻngʻiroq” qoʻying. Shunda siz ishlaringizni oxirigacha qilishga ulgurasiz va oʻz vaqtida yotasiz.

    1. Har doim yoningizda suv boʻlsin

    Suvni koʻproq iching, bu ish qobiliyatini oshiradi va sizdan deyarli kuch talab qilmaydi. Uydan chiqayotganingizda oʻzingiz bilan suv olib yuring, ish stolingizga ham har doim bir idishda suv boʻlsin.

    Agar suv har doim koʻz oldingizda tursa, siz koʻproq suv ichasiz.

    1. Ishda kamroq oʻtiring

    Stressning nafaqat ruhiy, balki fiziologik sabablari ham bor. Ulardan biri — kam harakatlilik hisoblanadi.

    Bu kamchilikni sport zalidagi kechki mashgʻulotlarda oʻrnini toʻldirishga umid bogʻlamang. Ish kuni davomida faolroq boʻling. Oʻtirganingizda gavdani toʻgʻri tuting. Majlislarni yurib oʻtkazing. Ishda turib ishlaydigan stol sotib oling. Tanaffus paytlari esa oʻtirib-turish mashqlarini bajaring.

    Manba: Daryo.uz