Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Taxiatosh tuman boʻlimi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.T. fuqaro D.Ye.ning ishonchiga kirib, uni goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Qoraqalpoq davlat universitetiga ishga joylashtirib qoʻyishini aytib, evaziga 20 mln soʻmni firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Karmana tuman boʻlimi tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.E. (muqaddam sudlangan) fuqaro S.B.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida 1 200 AQSH dollari evaziga “E.E.” xorijiy korxonasiga ishga joylashtirib qoʻyishini aytib, shundan 3,6 mln soʻmini qoʻlga kiritib, 900 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.