Tekshiruvda “G.G.” MCHJ rahbari Gʻ.L. 8 nafar fuqaroni oʻzi rahbarlik qilayotgan korxonaga ishga qabul qilishga ishontirib, ularning nomiga hududiy tijorat banki filialidan jami 176 mln soʻm kredit ajratilishiga erishib, kredit mablagʻlarini firibgarlik yoʻli bilan oʻzlashtirganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Namangan viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.X. boshqa bir fuqaro Z.ni tanishlari yordamida 4 200 AQSH dollari evaziga Polsha davlatiga ishga yuborishga kelishib, shundan 300 AQSH dollari va 2,2 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.