Ishga kiritib qo'yish va xorijga ishga yuborishni va'da qilgan firibgarlar ushlandi

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jalaquduq tuman bo'limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbirda o'tkazildi.

    Tadbirda tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig'ining sobiq o'rinbosari X.B. fuqaro Sh.ni tanishlari yordamida ushbu birlashmaga qarashli poliklinikaga hamshira vazifasiga ishga kiritib qo'yish evaziga 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Toshloq tumani bo'limi tomonidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, fuqaro M.I. fuqaro R.ni tanishlari yordamida Janubiy Koreya davlatiga ishga jo'natish evaziga olgan 5 400 AQSh dollaridan 1 000 AQSh dollarini qaytargan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.