Tadbirda RSHTTYOIM Samarqand filialining oʻrindoshlik asosida yangi texnologiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari T.M. fuqaro X.ni tanishlari yordamida Samarqand shahridagi 4-sonli tugʻuruqxonaga hamshira vazifasiga ishga kiritib qoʻyish evaziga 1 400 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.