Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining rasmiy Telegram-kanalida maʼlum qilindi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olot tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro K.K. boshqa bir fuqaro F.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MCHJga ishga joylashtirib qoʻyish evaziga 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.