Bu yerda qiymati 55,1 mlrd. soʻmlik loyiha asosida 2 qavatli 216 ta savdo doʻkoni hamda 230 ta savdo shaxobchasi, xom ashyo va tayyor mahsulotlar ombori qurildi.
Fargʻona viloyat hokimi Xayrullo Bozorov sanoat tarmogʻida olib borilgan ishlarni koʻzdan kechirdi, hududni yanada obodonlashtirish, tadbirkor va foydalanuvchilarga qulayliklar yaratish yuzasidan zaruriy koʻrsatmalar berdi.
Tadbirkorlar bilan boʻlgan muloqotda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni xorijga, xususan, Yevropa bozorlariga olib kirish chora-tadbirlarini koʻrish, hamkorlar qidirish, chet el tajribasini oʻrganish va ommalashtirish boʻyicha kerakli tavsiyalar berdi. Mavjud masalalar yechimida ularga amaliy koʻmak koʻrsatilishini taʼkidladi.
Maʼlumot oʻrnida aytganda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-maydagi “Fargʻona viloyatining Uchkoʻprik tumanida yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni, logistika va savdo tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, “Boboshbek” MFY hududida 15 gektar maydonda yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, logistika va savdo kompleksini tashkil etish belgilangan.
Loyihaning birinchi 1-bosqichda “Mikrokreditbank” tomonidan 159,2 mlrd. soʻm hisobiga 358 ta ishlab chiqarish sexlari qurib bitkazilib, foydalanishga topshirilgan.
Rasuljon Kamolov,
“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri.