Xalqaro koʻrgazma mahalliy korxonalarimizga oʻz ishlab chiqarishlarini modernizatsiya qilish jarayonlarini xalqaro standartlar asosida amalga oshirish, sohaga yangi innovatsion texnologiyalarni joriy etish va tayyor mahsulotlarni xalqaro bozorga sotish boʻyicha samarali kelishuvlarning qoʻlga kiritilishiga imkon yaratdi.
Xususan Namangan viloyatida joylashgan Botir-Muhammad-Ali MCHJ Xitoyning yirik uskunalar ishlab chiqaruvchi korxonasi bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi. EVA granulasidan turli xildagi poyabzallar tayyorlashga ixtisoslashgan korxona, ishlab chiqarshni modernizatsiya qilish orqali ham mahalliy ham xalqaro bozorga yangi kolleksiyalarni taqdim etishni reja qilgan.
Koʻrgazma doirasida Uyushmaga aʼzo korxonalar jahon bozorida sanoat mahsulotlari donori sanalgan Xitoy bilan ikki tomonlama hamkorlik kelishuvlariga erishdi, deb xabar beradi “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi matbuot xizmati.
Koʻrgazma yakuni bilan umumiy qiymati 12,7 million dollarlik kelishuv va shartnomalar imzolandi.