Ишлаётган талабалар сони қанча?

    Bugungi kunda davlat tashkilotlarida 62 053 nafar, nodavlat sektorda 48 661 nafar talaba oʻz mutaxassisligi boʻyicha ishlamoqda.

    “Yagona milliy mehnat tizimi”dan olingan maʼlumotlarga koʻra, bugungi kunda rasman ishlayotgan talabalar soni 114 662 nafarni tashkil etmoqda (oʻtgan oyga nisbatan 423 nafar koʻp).

    Bu haqda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi xabar berdi.

    Shundan:

    ▪️Davlat tashkilotlarida – 62 053 nafar (54,1 foiz);

    ▪️Nodavlat sektorda – 48 661 nafar (42,4 foiz);

    ▪️Ikkala sektorda – 3 948 nafar (3,5 foiz);

    ▪️Erkaklar - 67 373 nafar (58,8 foiz);

    ▪️Ayollar - 47 289 nafar (41,2 foiz).

    Hududlar kesimida TOP-5:

    ▪️Toshkent shahri - 36 115 nafar (31,5 foiz);

    ▪️Samarqand viloyati - 9 866 nafar (8,6 foiz);

    ▪️Fargʻona viloyati - 9 751 nafar (8,5 foiz);

    ▪️Toshkent viloyati - 8 964 nafar (7,8 foiz);

    ▪️Qashqadaryo viloyati - 8 279 nafar (7,2 foiz).