1997-yilning 16-dekabrida Yaponiya televideniyesi orqali namoyish etilgan “Pokemon” multfilmida Pikachuning shiddatli hujumi yorqin qizil va koʻk charaqlagan ranglardagi kadrlarda ifoda etiladi.
Ayni shu kadrlar koʻplab bolalarda ogʻriqli yaʼni tutqanoqni eslatuvchi reaksiyani keltirib chiqaradi va shu multfim namoyishidan soʻng 700 bola kasalxonaga yotqiziladi.
Kasallangani haqida koʻplab bola shikoyat qilgan, biroq shifokorlar bu simptomlarni koʻrsatuvni oʻzidan keyin paydo boʻlmaganini uning atrofida boʻlgan ommaviy vasvasa (isterika) sabab deb hisoblashgan.
Hattoki kasalxonaga yotqizilgan bolalar orasidan maktabga bormaslik uchun oʻzini kasallikka solganlar ham boʻlgan, deydi “hudud24.uz”.