Ishtixon tumanida oʻtkazilgan xatlov natijalariga koʻra, tumanda 45 ming 90 nafar 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar boʻlib, shundan 41 ming 233 nafar yoshlarning elektron bazasi shakllantirilgan edi. Shundan 7 ming 871 nafari ishsiz yoshlarni tashkil qiladi.

Bugun tuman hokimligi tomonidan toʻrtda sektordan 100 nafar yoshlarning har biriga 334 kilogrammdan jami 33,4 tonna kartoshka urugʻi yetkazib berildi.

Ishtixonlik yoshlar har tomonlama qoʻllab-quvvatlanmoqda, ularning sharoitlari inobatga olingan holda ekin ekish, daromad topish uchun bepul urugʻ berilishi bilan ular doimiy ish va daromad topish imkoniyatlariga ega boʻlishadi.