Kuz-qish mavsumida tabiiy gaz isteʼmoli yuqori boʻlganligi sababli Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida oktyabr — fevral oylarida bir oylik “bazaviy meʼyor” 500 kub metr amal qiladi.
Bundan tashqari, Prezident qaroriga asosan, ehtiyojmand oilalarga ishlatilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun davlat tomonidan har oyda kompensatsiya beriladi.
Kompensatsiya miqdori:
- Elektr energiyasi uchun — oyiga bazaviy meʼyordan ortiq (200 kVt·soatdan keyingi) 150 kVt·soatgacha;
- Tabiiy gaz uchun — qish oylarida 250 kub metrgacha, boshqa oylarda 150 kub metrgacha baʼzaviy meʼyordan ortiq foydalanilgan qismi uchun kompensatsiya beriladi.
Ilgari kompensatsiyalar faqat qish oylarida amal qilgan boʻlsa, endi — yil davomida har oyda berilmoqda.
Shuningdek, 2025/2026-yilgi isitish mavsumi uchun noyabr oyida har bir ehtiyojmand oilaga 1 mln soʻmdan moddiy yordam ajratiladi.








