Islandiyada vulqon harakatga keldi: lava oqimi shaharga yetib bordi

    Islandiya janubi-g'arbiy qismida vulqon otila boshlandi. Lava baliqchilar shahri – Grindovikka yetib bordi hamda bir nechta uyda yong'in kelib chiqishiga sabab bo'ldi.

    Hech kim jabrlanmadi. Grindavikning 4000 ga yaqin aholisi muddatidan oldin evakuatsiya qilindi.

    Lava shaharga yetib kelishidan sal avval aholi punktidagi uylardan atigi 50 metr narida yangi yoriq paydo bo'ldi, deb xabar beradi korrespondent.net.

    Grindavik meri Fannar Yunasson avvalroq vulqon otilishini “aholi uchun katta va jiddiy zarba” deb atagan edi.

    Islandiya Prezidenti Gudni Yoxannesson infratuzilma xavf ostida bo'lishi mumkin bo'lsa-da, odamlarning hayoti xavf ostida emasligini aytdi.