Islandiyada zilziladan keyin vulqon harakatga keldi

    Islandiya janubidagi Reykyanes yarim orolida zilziladan keyin vulqon otila boshlandi.

    “Reykyanes yarim orolida vulqon otila boshlandi, bu so'nggi uch yil ichida to'rtinchisi”, — deyiladi xabarda.

    Zilzila taxminan soat 21.00 da boshlangan, magnitudasi 4,2 ballga yetgan. Taxminan soat 22.46 da Grindavik shahri hududida vulqon otila boshlandi, deb xabar beradi ria.ru.