Prezident yordamchisi Saida Mirziyoevaning so'zlariga ko'ra, bu tadbirda O'zbekistonning JSTga qo'shilish yo'lidagi shahdam qadamlari yana bir bor namoyon bo'lgan.
“Biz iqtisodiy taraqqiyotni qo'llab-quvvatlash, ijtimoiy himoya, sog'liqni saqlash hamda ta'lim sohalarini takomillashtirish, shuningdek, qonun ustuvorligini ta'minlashga qaratilgan islohotlarni davom ettirishga qat'iy kirishganmiz. Biz bu yo'ldan aslo chekinmaymiz, yurtimizning taraqqiyot manzili – aynan shu.
Bunday maqsadlarga faqat sifatli investitsiyalar va qo'shimcha qiymat yaratishning global zanjirlariga bog'lanib erishish mumkin.
JST rahbariyatining bizni bu qadar qo'llab-quvvatlashi va ishonch bildirishi yuksak bahoga loyiq”, – dedi Saida Mirziyoeva.
Prezident yordamchisi, shuningdek, Toshkentga kelgan JST bosh direktori Ngozi-Okonjo Iveala bilan uchrashgan edi.