Bu haqda Savdo-sanoat palatasi axborot xizmati maʼlum qildi.
Islom Jasimov 1957-yil 24-martda Toshkent viloyatida tugʻilgan. 1986-2017-yillar davomida prokuratura organlari tizimida masʼuliyatli lavozimlarda faoliyat koʻrsatib kelgan.
1993-yilda “Oʻzbekiston Respublikasi faxriy yorligʻi”, 2001-yilda “Shuhrat” medali va 2017-yilda “Doʻstlik” ordeni davlat mukofotlari hamda 2020-yilda – qonun ustuvorligini mustahkamlashga qoʻshgan hissasi uchun “MDH Bosh prokurorlari muvofiqlashtiruvchi kengashining 25-yilligi” medali bilan taqdirlangan.
"Savdo-sanoat palatasi jamoasi Jasimov Islom Kazimovichning vafoti munosabati bilan uning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur taʼziya izhor qiladi. Islom Jasimov soʻnggi manzilga 16-yanvar kuni “Islom ota” jomeʼ masjidida peshin namozi vaqtida kuzatiladi", deyiladi xabarda.