Islom Karimov yod etildi

    Mamlakatimizda 2 Sentabr 2020 7318

    Samarqand shahrida O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovni xotirlash tadbirlari o'tkazildi.

    Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 25-yanvarda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, har yili 2-sentyabr Islom Karimov xotirasi kuni sifatida, bu ulugʻ insonni yod etish, hayoti va faoliyatini oʻrganish bilan bogʻliq tadbirlar oʻtkazilishi anʼanaga aylandi.

    Viloyat hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari dastlab Samarqand shahridagi Islom Karimov maqbara-majmuasini ziyorat qildi.

    Qurʼon tilovat qilindi.

    Birinchi Prezidentimizning davlatimiz mustaqillikka erishishi va taraqqiyoti yoʻlidagi xizmatlari yodga olindi.

    Shundan soʻng viloyat jamoatchiligi vakillari Registon maydoni yaqinida oʻrnatilgan Islom Karimov haykali poyiga gullar qoʻydilar.

    Tadbirlarda Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov ishtirok etdi.

    photo_2020-09-02_09-29-54.jpg

    photo_2020-09-02_09-29-56.jpg