Unga koʻra, joriy yil 11-oktyabr kuni buyurtmachi Toshkent shahar hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” IK hamda pudratchi “Trest-12” AJ oʻrtasidagi 2017-yil 27-dekabrdagi shartnomaga oʻzgartirish kiritildi.

Shartnomada keltirilgan raqamlarga koʻra, mazkur markaz qurilishi uchun taxminan 1 trln 723 mlrd soʻm sarflanadi.

Shu bilan birga, oʻzbek milliy valyutasida koʻrsatilgan mazkur mablagʻlarni 2021-yil 12-oktyabrdagi Markaziy bank kursi bilan hisoblaganda $161,5 millionni tashkil qilmoqda.