Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida dunyoda eng katta qoʻlyozma Qurʼoni Karim sahifasini qoʻlda koʻchirish ishlari yakuniga yetdi.

Ushbu sahifa Boysunqor Mirzo tomonidan otasi sulton Shohruh Mirzo uchun maxsus koʻchirilgan Boysunqur Qurʼoni sahifasining biroz kattalashtirilgan takroridir.

Sahifani Markaz hattoti, Toshkent Islom instituti bitiruvchisi Najmiddin Fayoziy Nuriddin oʻgʻli 6 oy mobaynida koʻchirdi. Maxsus qogʻoz Yaponiyadan, boʻyoqlar Turkiyadan keltirildi va sahifaga oʻzbek oltini suvi bilan hal berildi.

Tabarruk sahifa Islom sivilizatsiyasi markazidagi Usmon Qurʼoni uchun jihozlanayotgan honaqodan joy oladi. Islom sivilizatsiyasi markazi qoʻlyozma Qurʼon sahifasini Ginnes roʻyxatiga kiritish yuzasidan muzokaralar olib borishga kirishdi.