Hozirgina Saudiya Arabistoni Podshohligining O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yusuf al teybi janobi oliylari Islom tsivilizatsiyasi markaziga 60 mingdan ko'proq Qur'on jamlamasi hadyasini topshirdi.

Markaz nomidan mushaflar jamlamasini Islom tsivilizatsiyasi markazi direktori SH.Minovarov qabul qilib oldi. Tomonlar har ikki mamlakat o'rtasidagi do'stlik va hamkorlik aloqalari barcha yo'nalishlarda rivojlanib borayotganidan mamnun ekanliklarini bildirdilar.