Islomshunos olim, professor Ubaydulla Uvatov vafot etdi

    Fan 3 Noyabr 2020 3634

    Ubaydulla Uvatov Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti, Prezident Administratsiyasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Amir Temur, “Oltin meros” jamgʻarmalari, Imom Buxoriy xalqaro markazi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Xalqaro islom akademiyasida faoliyat olib borgan.

    Olimning mana shunday samarali mehnatlari munosib qadrlanib, 2017-yilda “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni, “Mehnat shuhrati” ordeni va 2020-yilda “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandilar.

    “Yangi Oʻzbekiston” va «Pravda Vostoka» gazetalari tahririyati jamoasi qadrli ustoz, islomshunos olim, professor Ubaydulla Uvatovning vafoti munosabati bilan chuqur taʼziya izhor etadi.