баннер
27 Apr 2025
01:18

    Ismatulla Irgashev Germaniya Elchisi bilan uchrashdi

    Xalqaro hamkorlik 11 Yanvar 2023 2070

    2023-yil 10-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Germaniya Federativ Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Tilo Klinner bilan uchrashdi.

    Muloqot chogʻida mintaqaviy xavfsizlik masalalari, xususan, Afgʻonistondagi mavjud vaziyat muhokama etildi.

    T.Klinner Oʻzbekistonning Afgʻoniston boʻyicha yakdil mintaqaviy yondashuvini rivojlantirish, mamlakatda uzoq muddatli tinchlik va barqarorlik oʻrnatish, afgʻon xalqiga insonparvarlik yordam koʻrsatish borasidagi saʼy-harakatlarini yuqori baholadi.

    Oʻzbekiston hukumatining BMT shafeligida Xalqaro muzokaralar guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi tashabbusini amalga oshirish, shuningdek, Termizdagi xalqaro logistika xab imkoniyatlaridan birgalikda gumanitar foydalanish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech