Ismoil Joʻrabekov 94 yoshda vafot etdi

    Suv xoʻjaligi vaziri maslahatchisi, davlat va jamoat arbobi Ismoil Hakimovich Joʻrabekov vafot etdi.

    Bu haqda Suv xoʻjaligi vazirligi maʼlum qildi.

    Ismoil Hakimovich Joʻrabekov 1931-yil 12-sentyabrda Samarqand viloyatida tugʻilgan.

    Mustaqillikning ilk yillarida agrosanoat sohasini boshqargan, fuqaro muhofazasi ishlari boʻyicha vazir boʻlgan, 1994–1998-yillarda bosh vazir oʻrinbosari – qishloq va suv xoʻjaligi vaziri boʻlib ishlagan, 2000–2004-yillarda esa Oʻzbekiston prezidentining qishloq xoʻjaligi masalalari boʻyicha davlat maslahatchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

    Faoliyatidagi uzoq yillik tanaffusdan keyin 2021-yilda suv xoʻjaligi vaziri maslahatchisi sifatida davlat ishiga qaytgandi.

    “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan irrigator” faxriy unvoni (1981), “Mehnat shuhrati” ordeni (1992), “El-yurt hurmati” ordeni (1994), “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni (1996), “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan quruvchi” faxriy unvoni (1998), “Doʻstlik” ordeni (2017), “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni (2021) hamda “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30-yilligi” esdalik nishoni (2021) bilan taqdirlangan.

    Yuz.uz jamoasi marhumning yaqinlari va oila aʼzolariga hamdardlik bildiradi.