Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan hal qiluvchi o‘yin 1:0 hisobida yakunlandi. Hujumchi Ferran Torres 106-daqiqada yagona gol urdi.
Bu Ispaniya tarixidagi ikkinchi chempionlikdir. Jamoa birinchi marta Jahon chempionligini 2010-yilda qo‘lga kiritgan va finalda Niderlandiyani mag‘lub etgan.
Jahon chempionatidagi shaxsiy mukofotlar quyidagicha:
Oltin to‘p - Rodri (Ispaniya)
Kumush to‘p - Lionel Messi (Argentina)
Bronza to‘p - Kilian Mbappe (Fransiya)
Oltin butsa - Mbappe (10 ta gol), ikkita jahon chempionatida eng ko‘p gol urgan birinchi futbolchi
Oltin qo‘lqop - Unai Simon (Ispaniya)
Eng yaxshi yosh o‘yinchi - Pau Kubarsi (Ispaniya).