Ispaniya har yili 300 ming nafar noqonuniy muhojirni qonuniylashtirimoqchi

    Mamlakat iqtisodiyoti yiliga 250 nafardan 300 ming nafargacha chet ellik ishchilarga muhtoj.

    Ispaniya migratsiya vaziri Elma Saisning aytishicha, mamlakatning yangi migratsiya qoidalari kelasi uch yil ichida har yili 300 mingga yaqin noqonuniy muhojirlarning maqomini qonuniylashtiradi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.

    Bu reja mamlakatda tegishli hujjatlarsiz yashayotgan ko'p sonli aholiga qarshi kurashish bo'yicha hukumat tashabbusining bir qismidir.

    “Ispaniya ochiq va gullab-yashnagan yoki yopiq va kambag'al mamlakat bo'lishi tanlovida – biz birinchisini tanladik”, dedi Sais.

    Uning ta'kidlashicha, “davlatning ijtimoiy poydevorini saqlab qolish uchun” mamlakatga yiliga 250 ming nafardan 300 ming nafargacha xorijiy ishchi kerak.

    Ushbu harakat Ispaniyaning immigratsiya siyosatini kengroq isloh qilishning bir qismi bo'lib, muhojirlarning malakasini oshirish va ularning ijtimoiy xizmatlardan foydalanishini ta'minlash choralarini ham o'z ichiga oladi, deb xabar beradi korrespondent.net.