Koronavirus tarqalishi munosabati bilan Ispaniya hukumati mamlakatga zarur boʻlmagan sayohatlar boʻyicha cheklovlarni 30-sentyabrga qadar uzaytirdi, deb xabar beradi TASS Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asoslanib.

Gap Yevropa Ittifoqi yoki Shengen hududiga aʼzo boʻlmagan davlatlarning fuqarolari haqida bormoqda. Ispaniyada pandemiya boshlanganidan beri 603 mingdan ortiq COVID-19 kasalligi qayd etildi, 30 ming nafardan ortiq odam kasallik qurboniga aylandi.

Iyun oyi oxirida Ispaniya hukumati ilgari kiritilgan cheklov choralarini yumshata boshladi, shundan soʻng mamlakatda kasallik tarqalish darajasi yana oshdi.

Avvalroq Isroilda 17-sentabrdan koronavirus infeksiyasini oldini olish uchun maktablar faoliyati toʻxtatilishi haqida xabar berilgan edi. Bundan tashqari, mamlakatda uch hafta davomida qatʼiy karantin qayta tiklanadi.