Toshkentning “Lokomotiv” klubiga tegishli 17 yoshli futbolchi Ispaniya Segundasida yetakchilik qilayotgan “Leganes” klubida koʻrikdan oʻtmoqda.
Bu haqda Rossiyalik insayder Ivan Karpov oʻzining Telegram kanalida maʼlum qildi.
Oʻzbekistonlik futbolchi Lazizbek Mirzayev U17 terma jamoasidagi muvaffaqiyatli oʻyinlari orqali xorij klublari skautlari nazariga tushgan.
Ayniqsa, oʻtgan yili noyabr oyida 17 yoshgacha futbolchilar oʻrtasidagi jahon chempionatida Lazizbek Mirzayevning jarima zarbasidan Angliya terma jamoasi darvozasini ishgʻol qilgani ancha shov-shuvlarni keltirib chiqargan edi.
Lazizbek Mirzayevning transfer summasi 2023-yil yakuniga koʻra, 50 ming yevrodan 200 ming yevroga koʻtarilgan.
“Leganes” joriy mavsumda Segundada 31 ta uchrashuvda 56 ochko jamgʻarib, musobaqa jadvalida birinchi oʻrinda bormoqda va La Ligaga chiqish uchun asosiy daʼvogar hisoblanadi.