«Oʻzbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev Prezidentlik faoliyatining ilk kunlaridan bolaboq prinsipial jihatdan yangi mamlakat barpo etishda ommaviy axborot vositalarining oʻrni va ahamiyatini tushunishda strategik nuqtayi nazarni namoyon etdi, deb yozadi nashr.
Uning siyosiy irodasi bor-yoʻgʻi besh-olti yil ichida milliy ommaviy axborot vositalarini xalqning chinakam minbariga aylantirish, ularga toʻliq erkinlik berish va islohotlarni ilgari surishda ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash imkonini berdi».
Maqolada bugungi kunda ommaviy axborot vositalari faoliyati bosqichma-bosqich yangi mazmun bilan boyib borayotgani maʼlum qilingan. “Tanqidiy jurnalistika paydo boʻldi. Ijtimoiy tarmoqlar faollashdi. Jurnalist va bloggerlar odamlarning hayotdagi mavjud muammolarini ochiq va xolisona yorita boshladilar. Shunday qilib, oʻzbek jamiyatining yangi qiyofasi shakllana boshladi. Bu ilgʻor gʻoyalarni yarata oladigan erkin shaxs fenomenini namoyon qildi” deb yozadi nashr.
“El Mundo Financiero”, shuningdek, “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi konstitutsiyaviy qonun loyihasi keng jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgani haqidagi maʼlumotlarni ham oʻquvchilar eʼtiboriga havola qilgan. Taʼkidlanganidek, muhokama davomida fuqarolardan qonun loyihasini takomillashtirishga qaratilgan 220 mingdan ortiq takliflar kelib tushdi.
«Mana shu koʻrsatkichning oʻziyoq mamlakatda ochiq fuqarolik jamiyati uchun mustahkam poydevor yaratilgani, odamlar va ommaviy axborot vositalarida erkin fikr bildirish imkoniyati paydo boʻlganidan dalolat beradi, deb yozadi nashr. Darvoqe, amaldagi Konstitutsiyaning 67-moddasida senzuraga yoʻl qoʻyilmasligi belgilab qoʻyilgan.
Endilikda mazkur moddani “Ommaviy axborot vositalari faoliyatiga toʻsqinlik qilish yoki aralashish qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi”, degan meʼyor bilan toʻldirish taklif qilinmoqda».