EastFruit mutaxassislarining xabar berishicha, hosildorlik pasayishiga asosiy sabab — bahorgi sovuq va nam havo. Mazkur holat Ispaniya bodomzorlariga jiddiy zarar yetkazdi. 

Respublikada jami ekin maydonlari 626 161 gektarni tashkil qiladi, shundan 514 484 gektari hosildordir. Qolgan 100 000 gektar maydon yaqin bir necha yil ichida meva bera boshlaydi. Organik bodom yetishtirish 123 953 gektar maydonni egallagan, shundan 104 200 gektari meva beradi. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining bosh reyestri (REGEPA) taqdim etgan ushbu raqamlarga asoslanib aytadigan boʻlsak, bodom magʻzini yetishtirish 144 ming tonnaga yetishi mumkin.

Biroq, mart va aprel oylarida yomgʻir, doʻl, tornado, sovuq va changlanishning kechikishi ushbu potensialni pasaytirdi va Ispaniyaning AEOFRUSE ishlab chiqaruvchilar tashkiloti Descalmendra Bodom yetishtiruvchilar milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda hozirgi kunda bodom magʻzi yetishtirishni 75 051 tonnaga baholamoqda.

Shunday qilib, anʼanaviy mahsulot yetishtirish 63 946 tonnani, organik mahsulot yetishtirish esa 11,105 tonnani tashkil qilishi kerak.
Bu narxlarning keskin oshishiga sabab boʻldi. Valensiya bodomi narxi oshgan boʻlsa-da, Largetadan bodom deyarli yoʻq, deya xabar bermoqda EastFruit internet nashri.