Ispaniyada erkak bolta bilan McDonald's restoraniga hujum qildi

    Barselona yaqinida, Badalonadagi savdo markazida bir erkan restoran oynasini bolta bilan urib sindirdi.

    Bu haqda shahar meri Ksavyer Garsia Albiol “X” ijtimoiy tarmog'ida ma'lum qildi.

    Uning so'zlariga ko'ra, gap aqli zaif odam haqida ketmoqda. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. “[Hodisa uchun] javobgar shaxs allaqachon hibsga olingan”, dedi shahar meri.

    El Mundo gazetasining yozishicha, bir kishi McDonald's fastfud restoraniga hujum qilgan. Voqea tufayli savdo markaziga tashrif buyuruvchilar vaqtincha evakuatsiya qilingan, deb xabar beradi report.az.