Bu haqda DW xabar berdi.
Baxtsiz hodisa Ispaniyaning janubi-sharqidagi Kartaxena port shahri yaqinida sodir bo'ldi.
Renfe Ispaniya temir yo'l kompaniyasi ma'lumotlariga ko'ra, baxtsiz hodisa oqibatida bir nechta odam yengil jarohatlar olgan.
Kompaniya vakili kran temir yo'l operatoriga tegishli emasligini ta'kidladi.
Qutqaruv xizmatlarining ma'lumotlariga ko'ra, baxtsiz hodisa Alumbres shahrida sodir bo'lgan. Renfe to'qnashuv shaharlararo poyezdning relsdan chiqib ketishiga olib kelmaganini ta'kidladi.
18-yanvar kuni Ispaniyaning Kordova viloyatida Malagadan Madridga ketayotgan poyezd relsdan chiqib ketgan edi. Poyezd qo'shni yo'lga o'tib ketgan, oqibatda ikkinchi poyezd relsdan chiqib ketgan.
So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, baxtsiz hodisa oqibatida 42 kishi halok bo'lgan va kamida 484 yo'lovchi jarohat olgan.
Seshanba, 20-yanvar kuni Barselona yaqinida shaharlararo poyezdi yo'lda qulab tushgan devor vayronalariga borib urilgan. Oqibatda Rodalies de Catalunya shaharlararo poyezdi operatori xodimi halok bo'ldi va yana 37 nafar yo'lovchi jarohat oldi, deb xabar berdi nur.kz.