Xorazm viloyati Hazorasp tumani hokimligi vakillari tumanning “Shirin Quduq” mahallasida istiqomat qilayotgan, “Ayollar daftari”, “Temir daftar” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 14 ta oilaga Ispaniyadan begʻaraz taqdim etilgan fotoelektrik quyosh panellarini topshirdi.
Ushbu mini fotoelektrik panellar yuborilishini mamlakatimizning Ispaniyadagi elchixonasi “Alium Technologies” kompaniyasi bilan hamkorlikda tuman aholisi uchun tashkil etdi.
Fotoelektrik quyosh panellari uy ehtiyojlari uchun zarur miqdorda elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi.
Bugun ispaniyalik mutaxassislar bilan fotoelektr panellarini yigʻish va oʻrnatish boʻyicha tegishli ishlar olib borilyapti, deb xabar beradi “Dunyo” AA.