Ispaniyalik turist fillar hujumiga duchor bo'ldi

    Ispaniyalik sayyoh Janubiy Afrika Respublikasidagi (JAR) milliy bog'da fillar hujumidan so'ng halok bo'ldi.

    Bu haqda EFE agentligi mahalliy politsiyaga tayanib xabar berdi.

    Uning ma'lumotlariga ko'ra, 43 yoshli erkak uch ayol bilan avtomashinada xiyobondan o'tayotgan edi. U avtomashinani to'xtatdi va fillar suruvini suratga olish uchun tushdi. Bu vaqtda hayvonlar ispaniyalik erkakka hujum qildi, oqibatda uning o'limiga sabab bo'ldi.

    Uning hamrohlari jabrlanmadi, deb xabar beradi tass.ru.