Isroil armiyasi Livanga hujum qilish bo'yicha jangovar rejalarini tasdiqladi

    Isroil mudofaa kuchlari (SAXAL) Livanga hujum qilish uchun jangovar rejalarni tasdiqladi, bu haqda uning Telegram-kanalida xabar berildi.

    “Livandagi harbiy hujum operatsiyalari rejalari ma'qullandi va tasdiqlandi hamda yerdagi qo'shinlarning jangovar tayyorgarligini oshirishni davom ettirish bo'yicha qarorlar qabul qilindi”, deyiladi bayonotda.

    Seshanba kuni ertalab ular Shimoliy harbiy okrug qo'mondoni Ori Gordin va Bosh shtab operativ boshqarmasi boshlig'i Oded Basyuk tomonidan kelishib olingan edi. Ular Isroilning Shimoliy qo'mondonligidagi vaziyatni ham baholashdi.

    Isroil-Livan chegarasidagi vaziyat 2023-yil oktybr oyida G'azo sektorida harbiy harakatlar boshlanganidan keyin keskinlashdi. SAXAL va “Hizbulloh” jangarilari chegaradagi hududlarda har kuni bir-birlarining pozitsiyalariga o'q uzmoqda.

    Livan Tashqi ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, Isroil tomonidan o'qqa tutilishi oqibatida 100 mingga yaqin odam mamlakat janubidagi uylarini tark etishga majbur bo'ldi. Tel-Aviv yahudiy davlatining shimolidagi 80 mingga yaqin aholi xuddi shunday vaziyatga tushib qolgani haqida ma'lum qildi, deb xabar beradi ria.ru.