Isroil Bayrutga eng yirik hujumini uyushtirdi

    Isroil mudofaa kuchlari Livanning Bayrut janubiy chekkasida bir qator havo hujumlarini amalga oshirdi. Bu haqda Times of Israel nashri yozmoqda.

    Bu Isroilning Livan poytaxtiga uyushtirgan eng yirik hujumi edi.

    Isroil mudofaa kuchlari 6-oktabrga o'tar kechasi Bayrutga eng yirik hujumini amalga oshirdi. Shaharning janubiy chekkasida 30 dan ortiq havo hujumlari uyushtirildi. Asosiy nishonlar Hizbulloh inshootlari va Rafiq Haririy xalqaro aeroporti yaqinidagi binolar bo'ldi.

    Isroil harbiylari zarbalar oldidan keng ko'lamli chora-tadbirlar, jumladan, tinch aholini erta ogohlantirish bilan shug'ullanganini ta'kidladi. Bayrutning 25 ga yaqin hududi aholisiga evakuatsiya chaqiriqlari yuborilgan.

    Livan Bosh vaziri Najib Mikati xalqaro hamjamiyatni, jumladan AQSh va Fransiyani hujumni to'xtatishga chaqirdi.

    BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish HAMASning Isroilga hujumiga bir yil bo'lishi oldidan Yaqin Sharqda tinchlik o'rnatishga chaqirdi.

    Amerika Qo'shma Shtatlari Isroil va Livanning “Hizbulloh” guruhi o'rtasidagi keskinlashuv fonida Yaqin Sharqqa qo'shimcha qo'shin yuboradigan bo'ldi.

    1-oktabr kuni Isroil armiyasi Livan janubida quruqlikdagi operatsiya boshlanganini e'lon qildi, deb xabar beradi korrespondent.net.