Isroil bosh vazirining idorasi: Eron Isroilga 180 ta raketa uchirdi

    Eron Isroil tomon 180 ga yaqin raketa uchirdi, ularning aksariyati tutib olindi.

    Bu haqda Isroil bosh vaziri idorasining maslahatchisi Dmitriy Gendelman o'zining Telegramdagi kanalida ma'lum qildi.

    “Bugun tunda Eron Isroilga 180 ga yaqin ballistik raketa uchirdi. Ko'p sonli raketalar Isroil mudofaa kuchlari tomonidan tutib olindi”, deb yozadi u.

    Gendelmanning ta'kidlashicha, Isroil ham mudofaa, ham hujumda har qanday ssenariyga tayyor.

    1-oktabr kuni Eron Isroilga qarshi yirik raketa hujumini amalga oshirdi. Oq uy ma'lumotlariga ko'ra, Isroildagi nishonlarga 200 ga yaqin ballistik raketa uchirilgan. Shu munosabat bilan Iroq, Iordaniya va Livan havo hududini yopdi, deb xabar beradi report.az.