Isroil Braziliyani ham engdi

    Jamoa yarim finalda o'ynaydi

    Argentinada o'tayotgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida kecha chorak final bahslari boshlandi.

    O'tgan bosqichda mamlakatimiz termasini turnirdan chiqarib yuborgan isroillik yoshlar bu safar Braziliyaga qarshi o'yinda 3:2 hisobida g'alaba qozonib, dastlabki yarim finalchiga aylandi.

    120 daqiqa davom etgan o'yinning 56 daqiqasida Leonardo braziliyaliklarni oldinga olib chiqdi. Oradan to'rt daqiqat o'tgach Halaili hisobni tengashtirdi. 91 daqiqada Nasimento yana Braziliyani g'alaba sari boshladi. Lekin ikki daqiqqadan so'ng SHiblining mahorati tufayli hisob tengashdi. Qo'shimcha vaqtda Turgeman uchrashuvga so'nggi tuqta qo'ydi.

    O'sha kuni o'tgan ikkinchi o'yinda Italiya Kolumbini 3:1 hisobida engib ikkinchi yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.