Uning manbalariga ko'ra, “Isroil havo kuchlari Eronga havo hujumi uyushtirgan”. Portal ta'kidlaganidek, zarbadan maqsad nima bo'lgani hozircha aniq emas.
O'z navbatida, Fars agentligi Eron poytaxtida kamida olti bor portlash ovozi eshitilganini xabar qildi.
Bo'layotgan voqealar fonida Isroil Mudofaa vaziri Israel Kats mamlakatda favqulodda holat e'lon qildi: “Isroilning eronga qarshi hujumi ortidan, yaqin kelajakda mamlakat tinch aholisiga raketa va dronlar hujumi uyushtirilishi kutilmoqda”, dedi u.
Aholiga tarqatilgan ogohlantirishga ko'ra, barcha ma'rifiy tadbirlar bekor qilingan, korxonalar ishi to'xtatilgan, muhim sanoat ob'ektlari bundan mustasno, ommaviy yig'ilishlar taqiqlangan, deb xabar beradi report.az.
Avvalroq The Wall Street Journal agar Tehron Vashington bilan yadroviy masala bo'yicha kelishuvga erishmasa, Isroil shu yakshanba kuni Eronga harbiy zarba berishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.









