Isroil Eronga har qanday hujumga javob qaytarilishi bilan tahdid qildi

    Isroil Eronning har qanday to'g'ridan-to'g'ri hujumiga javoban Eron hududiga zarba beradi.

    Isroil armiyasi radiosiga ko'ra, Tel-Aviv bu haqda AQSh va qator Yevropa davlatlarini xabardor qilgan.

    Radiostansiyaning qayd etishicha, zarba Eron hujumi oqibatida Isroil tomonida qurbonlar bo'lmagan taqdirda ham amalga oshiriladi.

    Isroil Eron tomonidan joriy yilning aprel oyida yuzlab uchuvchisiz uchish qurilmalari va raketalar uchirilganidan ko'ra kattaroq hujumga tayyorgarlik ko'rmoqda, deb xabar berdi Isroilning KAN jamoat telekanali.

    31-iyul kuni Falastinning HAMAS harakati Siyosiy byurosi raisi Ismoil Haniya Tehronda suiqasd oqibatida halok bo'ldi.

    Eron va HAMAS Isroilni qotillikni uyushtirganlikda aybladi.

    Eron HAMAS yetakchisining o'ldirilishiga javob berishga va'da berdi, deb xabar beradi aa.com.tr.