Isroil G'azo sektoridagi oziq-ovqat tarqatiladigan hududga bomba tashladi

    G'azo sektorining janubida oziq-ovqat taqsimoti fojiaga olib keldi. Samolyotlar gumanitar yordam solingan qutilarni tashlagach, Isroil hududni bombardimon qildi.

    Hujum Rafahda BMTning Yaqin Sharqdagi agentligi yordam tarqatish markazi yaqinida uyushtirildi. Kamida to'rt kishi halok bo'ldi, yigirmadan ortiq kishi yaralandi.

    Zarbadan bir necha daqiqa oldin Misr va Belgiya harbiy-havo kuchlari G'azo ustidan gumanitar yordam qutilarini tashlagan. Bu, aslida, mintaqaning ochlikdan azob chekayotgan aholisiga yordam berishning yagona yo'li bo'lib qolgan, deb xabar beradi mir24.tv.