Isroil G'azodagi 50 ta harbiy obyektga zarba berdi

    Isroil havo kuchlari bir kun ichida G'azo sektoridagi 50 ta harbiy obektga zarba berdi.

    Isroil Mudofaa kuchlari (SAXAL) G'azo shahrining Shejayi hududida jang qilmoqda va Rafahda maqsadli operatsiyalarni davom ettirmoqda, deb xabar beradi report.az.

    Bu haqda SAXAL matbuot xizmati xabar berib, anklavdagi janglarda o'nlab qurolli radikallar yo'q qilinganini ma'lum qildi.

    Harbiylar anklav janubida, Misr bilan chegara yaqinidagi Rafah shahri hududida “SAXAL razvedka ma'lumotlariga asoslangan holda maqsadli operativ harakatlarni davom ettirmoqda”, dedi harbiylar. Hududda “SAXAL kuchlariga tahdid solgan bir necha qurolli terrorchilar havo hujumlari vositasida yo'q qilindi”, deya qo'shimcha qildi mudofaa kuchlari.