Avvalroq Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu, shanba kuni kechqurun sodir bo'lgan Golan tepaligiga hujumni Isroil javobsiz qoldirmasligini, uning so'zlariga ko'ra, shia harakati “Hizbulloh” buning uchun “hali hech qachon to'lamagan eng ko'p tovon to'lashini” aytgan edi.

Shanba kuni Isroil tez yordam matbuot xizmati Golan tepaligiga berilgan zarba oqibatida 10 kishi halok bo'lganini, keyinchalik qurbonlar soni 12 nafarga yetganini ma'lum qildi. Isroil hujumda “Hizbulloh”ni aybladi, deb xabar beradi ria.ru.