Bu haqda Bosh vazir idorasida ma'lum qilindi.
Bayonotda aytilishicha, HAMAS AQShning Yaqin Sharq bo'yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff va boshqa vositachilardan “olgan barcha takliflarni rad etgan”.
Netanyaxu idorasining aniqlik kiritishicha, SAXAL zarbalari HAMASning harbiy va boshqaruv salohiyatini yo'q qilish va garovga olinganlarni qaytarishga qaratilgan.
“Bundan buyon Isroil HAMASga qarshi kuchaygan harbiy kuch bilan harakat qiladi”, deyiladi idorada. “SAXAL operatsiyalarini qayta tiklash rejalari o'tgan hafta siyosiy eshelon tomonidan ma'qullangan”, deya qo'shimcha qilinadi xabarda.
Isroil mudofaa kuchlari, o'z navbatida, “G'azo sektoridagi HAMAS terrorchi tashkilotiga tegishli obyektlarga kuchli zarbalar berayotgani” haqida xabar berdi, deb xabar beradi report.az.