Isroil kemalari BMTning insonparvarlik oziq-ovqat karvonini o'qqa tutdi

    Isroil kemalari Falastinlik qochqinlarga yordam berish va ishlarni tashkil etish bo'yicha BMTning Yaqin Sharq agentligining (UNRWA) gumanitar karvonini o'qqa tutdi. Bu haqda Qatarning Al Jazeera telekanali xabar berdi.

    Unga ko'ra, G'azodagi UNRWA direktori Tomas Uayt kuzovi shikastlangan yuk mashinasi aks etgan suratlarni e'lon qilgan.

    Uning aytishicha, bugun ertalab G'azoda oziq-ovqat karvoni Isroil floti tomonidan o'qqa tutildi, lekin hech kim jabrlanmagan.

    Bungacha bir qancha davlatlar, jumladan, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya va Kanada Falastinning HAMAS radikal harakati bilan aloqadorlikda gumon qilib, UNRWAni moliyalashtirishni to'xtatganini e'lon qilgan edi, deb xabar beradi tass.ru.

    UNRWA Bosh komissari Filipp Lazzarini o'tgan yilning 7-oktabr kuni HAMASning Isroilga hujumida ishtirok etgani taxmin qilinayotgan bir necha agentlik xodimlarini ishdan bo'shatishni buyurdi. Moliyalashtirish ishlari olib borilmasa, UNRWA faoliyati fevral oyi oxirigacha xavf ostida qolishi mumkin, dedi BMT.