Isroil Livan janubiga bir qator zarbalar berdi

    26-iyun, chorshanbaga o'tar kechasi Isroil mudofaa kuchlari Livan janubidagi nishonlarga bir qator zarbalar berdi.

    Bu haqda Falastin manbalari xabar berdi.

    Ma'lum qilinishicha, xususan, Ramiya qishlog'i artilleriyadan o'qqa tutilgan, shuningdek, Isroil harbiy-havo kuchlari chegaradagi Shebaa hududida “Hizbulloh”ga tegishli harbiy binoga hujum qildi.

    Livanliklar orasida qurbon bo'lganlar yoki yaralanganlar haqida ma'lumotlar yo'q.

    Isroil mudofaa kuchlari (SAXAL) 12-iyun kuni Livan mamlakatga 160 ta raketa otganini, 90 ga yaqin raketa Isroil shimoliy qismidagi chegarani kesib o'tganini ma'lum qilgan edi, deb xabar beradi korrespondent.net.